Quritilgan Xurmo


Quritilgan xurmo (finik) ish qobiliyatimizni oshiradi, shuningdek, qo‘shimcha foydali moddalarga ega bo‘lgani tufayli, shamollash va bosh og‘rishida og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. B5, E, H kabi vitaminlarga juda boy bo‘lgan holda, xurmo qoqi immun tizimini mustahkamlaydi hamda qishni faol va xushchaqchaq tarzda o‘tkazishda yordam beradi.
 

Bodom


Bodomda kaltsiy boshqa yong‘oqlarga qaraganda ko‘proq. Bundan tashqari, u sellyuloza va E vitaminiga boy, bu esa organizmning yallig‘lanish jarayonlariga qarshi samarali kurashish imkonini beradi. Shu bilan birga bodom ko‘rish qobiliyatini yaxshilash, ichaklar faoliyatini normallashtirish, stresslarni yengish hamda uyquni tartibga keltirishda yordam beradi.

Olxo‘ri qoqi


Olxo‘ri qoqi — oshqozon-ichak yo‘li faoliyatini yaxshilashda ajoyib vositadir, u qabziyatdan xalos qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Shuningdek, gipertoniyadan azob chekadigan, yurak va jigar bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilar uchun ham ayni muddaodir. U revmatizmda ham qo‘l keladi, tarkibidagi A vitamini esa ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.


Batafsilroq...

Online Magaza